Fonus

"FONUS" online kurslarida dars o'tilish tartibi va qoidalari!

01

Bizning "Fonus" online kursimiz kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashgan. Shuningdek, kursda yuqori sinf o'quvchilariga majburiy fanlar ham o'qitiladi.

Online kursimizga 8-11-sinf o'quvchilari va abituriyentlar qabul qilinadi

02
8:00–14:00

O‘quvchilar 8:00 dan 14:00 gacha bemalol maktabga borib kelishlari mumkin bo‘ladi.

14:00–18:00

Darslar haftada 6 kun 14:00 dan 18:00 gacha bo'ladi.

19:00–22:00

19:00 dan 22:00 gacha darsga tayyorgarlik vaqti bo'lib, o'quvchilar berilgan vazifalarni tayyorlashadi. Bu jarayon ustozlari nazorati ostida bo'ladi.

22:00

22:00 dan keyin majburiy uyqu rejimi bo‘ladi

03

Online kursimizda o'qimoqchi bo'lgan o'quvchilar har ikkala fanni ham, majburiy fanlarni ham bizning kursda, biz belgilagan reja va dastur asosida o'qishlari lozim bo'ladi.

Bir fanni bizning kursimizda o'qib, qolgan fanlarni boshqa joyda o'qiyman deyishsa, bo'lmaydi.

04
1

Kursga qo‘shilgan o'quvchi dastlab test imtihonidan o'tkaziladi. Bu orqali ularning bilim darajasi aniqlanadi.

2

So'ng bilim darajasiga mos guruhga kiritiladi.

3

Ularga 1 oylik bepul darslar belgilanadi.

4

Bu 1 oy muddat davomida biz o'quvchining o'zlashtirish darajasini chuqurroq tahlil qilamiz.

O'zlashtirish darajasi juda sust bo'lgan o'quvchilar darslardan chetlatiladi yoki quyi darajali guruhga o'tkaziladi.

Aksincha, o'zlashtirish darajasi yuqori bo'lgan o'quvchilar yuqori darajali guruhlarga o'tkaziladi.

Bundan tashqari bu 1 oylik muddat davomida o'quvchi ham, ularning ota-onalari ham kursda qolish yoki qolmaslik bo'yicha aniq qarorga kelib olishadi.

05

Biz o'quvchilarning nafaqat bilimiga, balki ularning intizomi va axloqiga ham qattiq ahamiyat beramiz.

Chunki, tartibli, intizomli bo'lish, axloqli bo'lish ularni jamiyatda e'tiborli shaxs bo'lishlarida, kelajakda ilm egallashlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Axloqsiz kishi jamiyat orasida qabul qilinmaydi, jamiyatga foyda o'rniga zarar beradi.

Intizomsiz kishi esa nafaqat ilmda, balki boshqa biror ishda yuqori darajaga erisha olmaydi.

06

Har kuni o'quvchilar davomat qilib boriladi.

3

3 martta besabab dars qoldirgan o'quvchilar darslardan chetlatiladi.

Darsga qatnashmaslik uchun arzirli sabab bo'lsa ota yoki onalari, guruh ustoziga telefon qilib ruxsat olishlari kerak bo'ladi.

Guruh ustozi bu sababni arzirli deb topsa, ruxsat beradi.
Arzirli bo'lmasa, ruxsat bermaydi.
07

Darslar davomida bir qancha katta va kichik imtihonlar o'tkaziladi.

1

Imtihonlarda belgilangan me'yordan past natija qilgan o'quvchilar avval ogohlantiriladi.

2

Shundan keyin ham bunday past natija qayta takrorlansa, ota-onalar ogohlantiriladi.

3

Uchinchi martta ham past natija ko'rsatgan o'quvchilar darslardan chetlatiladi.

08
1

Uyga berilgan vazifalarga befarq bo'lgan, vazifalarni to'liq tayyorlamagan o'quvchilar ham avval ogohlantiriladi.

2

Bu hol qayta takrorlansa, ota-onalariga xabar beriladi, ular ogohlantiriladi.

3

Uchinchi martta takrorlanganda esa ular darslardan chetlatiladi.

09

Ustozlarning barchalari yuqori bilimli, intizomli va axloqli kishilardan iborat.

Ularning pedagogik mahoratlari, malakalarini o'quvchilar 1 oylik bepul darslar davomida guvoh bo'lishlari mumkin.

10

Bizning kursimiz tadbirkorlik uchun ochilgan emas!

Shu sabab bizda tadbirkor-mijoz munosabati emas, ustoz-o'quvchi munosabati yo'lga qo'yilgan.

Tadbirkorlikda mijoz doim haq degan qoida ishlaydi, mijozning xohishlari hammasidan ustun deb qaraladi. Ammo, bizda unday emas.

Bizning kursimizda ustozlar va ularning belgilagan tartiblari birinchi raqamli deb qaraladi.

11
Quyidagi o'quvchilar ogohlantirishlarsiz darslardan chetlatiladi:
  • Ustoziga qo'pol muomala qilgan, gap qaytargan beodob o'quvchi

  • Guruhdoshlari bilan janjallashgan, urushgan o'quvchi

  • Xoh guruh ichida, xoh shaxsiyda (o‘z profillari orqali) biror ishqiy munosabatlarga kirishgan betarbiya o'quvchi

12

Kiyinish normalari:

Online darslarimizda ko‘p hollarda telefon kameralari yoqilgan bo‘ladi

O'quvchilarning barchasi dars vaqtida kiyimlariga e'tibor berishlari lozim.

Juda kalta, tanaga yopishgan, shaffof, turli xil bezak va rasmlar tushirilgan kiyimlar kiyish mumkin emas.

Ortiqcha bezaklar, taqinchoqlar, bo'yanchiqlarga ruxsat etilmaydi.

Sochlarni bazmga kelgandek turmaklash ham mumkin emas

Bunday talablar o'quvchilarning o'zlarini erkin tutishida, darsdan chalg'imasliklarida muhim ahamiyatga ega

Agar bizning tartib qoidalar sizga ma'qul bo'lsa, biz bilan bog'laning !

Fonus